1 milliard so‘mdan ziyod boyliklar kontrabandasi ushlab qolindi

Jamiyat

1_foto1_700

Toshkent viloyati bojxona boshqarmasi Kontrabanda va bojxona qonunchiligi buzilishiga qarshi kurashish bo‘limi xodimlari tomonidan “Ohangaron” tumanida tezkor tadbir o‘tkazildi.

Tadbir davomida, fuqaro G.R. boshqaruvida bo‘lgan Isuzu, fuqaro K.B. boshqaruvidagi Lacetti va fuqaro D.S.ga tegishli bo‘lgan  Lacetti rusumli avtoulovlar xolislar ishtirokida ko‘zdan kechirildi.

Xabarga ko‘ra, avtomashinalar yukxonasida xorijda ishlab chiqarilgan va hech kanday hujjatlari bo‘lmagan, umumiy qiymati 1 milliard 20 million so‘mlik jami 13 turdagi parfyumeriya va tibbiyot anjomlari yashirilganligi ma’lum bo‘lgan.

Hozirda yuqoridagi holatlar yuzasidan bojxona organlari tomonidan surishtiruv harakatlari davom ettirilmoqda.


Maqola muallifi

Teglar

bojxona kontrabanda

Baholaganlar

133

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing