Video: Qashqadaryoda kuchli suv toshqini kuzatildi

Jamiyat

O‘tgan hafta oxirida Qashqadaryo viloyatining Kitob tumaniga kuchli sel keldi.  Kuchli yog‘ingarchilikdan keyin ro‘y bergan suv toshqinining videolavhalari o‘tgan haftaning o‘zida ijtimoiy tarmoqlarda tarqatilgan edi. “Zamon” dasturida ushbu videolarga aniqlik kiritildi. 

Voqea joriy yilning 28 mart kuni Qashqadaryo viloyati Kitob tumanining “Doniyorshayx” qishlog‘ida ro‘y bergan.

Yog‘ingarchilikdan avval do‘l yoqqan. Oradan 15 daqiqa o‘tar-o‘tmas qishloqni suv bosgan. 

Qishloq aholisining ma’lum qilishicha, oxirgi 10 yil ichida qishloqda uch marta ana shunday kuchli suv toshqini kuzatilgan. Qayd etilishicha, o‘tgan safargi toshqinda talafot bundan yuqori bo‘lgan. Hatto, chorvo mollarini ham suv oqizib ketgan. 
 


Maqola muallifi

Teglar

Sel Suv toshqini

Baholaganlar

126

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing

online_predictionLive

Barchasicall_made