Video: G‘aniyev degan vallomat xalqdan uzr so‘radi
Jamiyat
−
04 avgust 2019
12254O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev joriy yilning 2 avgust kuni kichik biznes va tadbirkorlikni rivojlantirish bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar tahliliga bag‘ishlangan videoselektor yig‘ilishi o‘tkazgani haqida xabar bergan edik.
Yig‘ilishda Prezident Farg‘ona, Qashqadaryo va Xorazm viloyati hokimlariga xalq oldida hisob berishni buyurgandi.
Prezident tanqididan keyin Farg‘ona viloyati hokimi Shuhrat G‘aniyev rishtonliklardan uzr so‘radi.
“Assalom alaykum aziz fuqarolar. xatoim bor. Rishton Markaziy dehqon bozorining qurilishi bilan bog‘liq yo‘l qo‘yilgan xato va kamchiliklarda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti va O‘zbekistonning obro‘sini hech qanday aloqasi yo‘q. Rishton tumanida bo‘layotgan ishlarda viloyat hokimi sifatida avvalo men va tuman rahbarlari xatoga yo‘l qo‘ydi.
Kim xatoga yo‘l qo‘ygan, sizlar bilan qo‘pol muomalada bo‘lgan bo‘lsa, hammasi uchun viloyat hokimi sifatida keng jamoatchilik tashkilotlari, ijtimoiy tarmoqlar kuzatuvchilari va OAV vakillari oldida bo‘yin egib uzr so‘rayman.
Tariximizdan qolgan an’ana bor “bozor bilan mozorga tegma”, degan. Markaziy bozorni yanada chiroyli qilish bo‘yicha loyiha ishlab chiqilgan. bIroq takli kiritgan mas’ullar xatoga yo‘l qo‘ygan”, dedi Shuhrat G‘aniyev.
Viloyat hokimining so‘zlariga ko‘ra, noto‘g‘ri taklif kiritgan turli idoralarning 14 nafar mas’ul shaxslari egallab turgan lavozimidan ozod qilingan.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shuhrat G‘aniyevni noinsoflikda va O‘zbekistonni sharmanda qilishda ayblagandi.
LiveBarchasi