Video: Prezident rafiqasi bilan “yil to‘yi”da qatnashdi

Olam 5329

Turkiya Respublikasi Prezidenti Rajab Toyib Erdo‘g‘an Londonning “Arsenal” klubi yarimhimoyachisi Mesut O‘zilning to‘yida qatnashdi.

Ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan videoda Turkiya Prezidenti turmush o‘rtog‘i Emina Erdo‘g‘an bilan futbolchining nikoh marosimida yosh kelin kuyovga guvohlik qilayotganini ko‘rish mumkin.

“Daily Mail” nashrining aniqlik kiritishicha, marosim kecha, 7 iyun kuni Istanbulda bo‘lib o‘tgan. Davlat rahbari yangi oilaga baxt va birgalikda uzoq umr ko‘rishni tilagan.

Prezidentni O‘zil bilan do‘stlik aloqalari bog‘lab turishi ta’kidlangan. Xususan, o‘tgan yili futbolchi Erdo‘g‘anga o‘z imzosi qo‘yilgan klubi futbolkasini sovg‘a qilgandi. O‘shanda Germaniya terma jamoasi shtabida futbolchini jahon chempionati so‘rovnomasiga kiritish borasida shubha tug‘ilgandi.

O‘zil Germaniya terma jamoasi tarkibida 2009 yildan beri o‘ynaydi. U 2014 yilda terma bilan jahon chempioni ham bo‘lgan. Xavbek terma safida 92 o‘yinda maydonga tushib, 23 ta gol urgan.

Sunnatilla Abdullayev
Maqolaga baho bering
Baholaganlar: 126
Reyting: 2.9
Будьте в курсе событий!
×
×