Ilhom Norqulov yangi vazirlikda birinchi o‘rinbosar etib tayinlandi

Jamiyat

image
Iqtisodiyot vazirligi yana qayta tashkil qilinadi. Endi u kambag‘allikka ham javobgar bo‘ladi north_east

Iqtisodiyot vazirligi yana qayta tashkil qilinadi. Endi u kambag‘allikka ham javobgar bo‘ladi

Avvalroq, O‘zbekiston Respublikasi  Markaziy bankining birinchi o‘rinbosari Ilhom Norqulov boshqa ishga o‘tgani munosabati bilan lavozimidan ozod qilingani haqida xabar bergan edik.

Ilhom Norqulov O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining tegishli farmoni bilan yangi tashkil etilgan Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirligiga o‘tkazildi. Norqulov vazirning birinchi o‘rinbosari lavozimiga tayinlandi.

Ilhom Norqulov 2018 yilning aprelida O‘zbekiston Prezidenti farmoni bilan Markaziy bank boshqaruvi raisining o‘rinbosari etib, 2019 yil mayida Markaziy banki raisining birinchi o‘rinbosari etib tayinlangandi. 

Norqulov Toshkent davlat iqtisodiyot universitetining “Xalqaro iqtisodiy munosabatlar” fakultetida tahsil olgan. Glazgo universitetida (Buyuk Britaniya) “Iqtisodiy rivojlanish” yo‘nalishi bo‘yicha magistratura mutaxassisligini tamomlagan.


Maqola muallifi

Teglar

Ilhom Norqulov tayinlo

Baholaganlar

47

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing