Video: bokschi ringda hushidan ketib, vafot etdi
Sport
−
26 iyul 2019
10862Kecha, 25 iyul kuni argentinalik bokschi Ugo Alfredo Santilyan jangdan keyin vafot etdi. Bu haqda “The Guardian” nashri xabar tarqatdi.
Sportchi 20 iyul kuni urugvaylik Eduardo Xavera Abreuga qarshi ringga chiqqan. Ma’lmotlarga ko‘ra, jangning o‘rtasida bokschining burnidan qon oqa boshlagan, biroq u jangni davom ettirgan. Jang durang bilan tugagan, yakunda Santilyan hushini yo‘qotgan va shifoxonaga olib borilgan.
Bokschining miyasida qon quyilgani aniqlangan va jarrohlik amaliyoti o‘tkazilgan. Biroq u operatsiyadan bir kun o‘tib yurak to‘xtashidan vafot etgan.
Santilyano 23 yoshda bo‘lgan. Uning hisobida 19 g‘alaba, 6 mag‘lubiyat va ikki durang bo‘lgan.
Bundan avvalroq, 23 iyul kuni rossiyalik charm qo‘lqop ustasi Maksim Dadashev shifoxonada vafot etgandi.
LiveBarchasi