BAAdagi bozorda yirik yong‘in yuz berdi (video)

Olam

Bugun, 5 avgust kuni Birlashgan Arab Amirliklari tarkibidagi Ajman amirligida meva va sabzavot bozorida yirik yong‘in yuz berdi. Bu haqda “Khaleej Times” xabar berdi.

Yong‘in yangi sanoat zonasida chiqqani aytilmoqda. Bir qancha o‘t o‘chirish mashinasi hodisa joyiga yetib borgan.

Shuningdek, yong‘inning dastlabki o‘chog‘i eron bozorida bo‘lishi ham mumkin. Bozor meva va sabzavot bozoriga hamda sanoat zonasiga yaqin joylashgan.

Ajman fuqaro muhofazasi xizmati avtomobillarni boshqa yo‘llardan yurishga chaqirgan.

“Ajman o‘t o‘chiruvchilari hodisa joyini o‘rab olishgan va suv ham ko‘pikdan foydalanib, alangani o‘chirishga harakat qilyapti”, deyiladi xabarda.

Bozorga yaqin shifoxona evakuatsiya qilingan. Hozircha jabrlangan va halok bo‘lganlar haqida ma’lumot berilmagan.


Maqola muallifi

Teglar

yong'in BAA

Baholaganlar

212

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing