Toshkentdagi markaziy ko‘chalardan biri 6 oyga qisman yopildi
Jamiyat
−
21 Oktabr 2019
6564Bugun, 21 oktyabr kunidan Toshkentdagi Islom Karimov ko‘chasida harakat qisman cheklanadi. Bu haqda Toshkent shahar IIBB xabar berdi.
Qayd etilishicha, “Tashkent city” majmuasi hududida olib borilayotgan qurilish ishlari atrofidagi yo‘llarda harakat xavfsizligini ta’minlash maqsadida 21 oktyabr kunidan yuk og‘irligi besh tonnadan ortiq bo‘lgan yuk mashinalari uchun cheklov o‘rnatilmoqda.
Cheklov Islom Karimov ko‘chasining Olmazor ko‘chasidan Bunyodkor ko‘chasigacha bo‘lgan qismida 6 oy muddat davomida amal qiladi.
Shuningdek, ma’lum qilinishicha, bir kun davomida (21 oktyabr) “Tashkent city” parki soat 14:00 dan 20:00 gacha yopiq bo‘ladi.
LiveBarchasi