Qibrayda uyining yerto‘lasida “marixuana” saqlagan shaxs ushlandi (video)

3-sahifa

−

image

Toshkent viloyatining Qibray tumanida fuqaroning xonadonidan 1 kilogramm “marixuana” giyohvandlik vositasi topildi. Bu haqda Toshkent shahar Ichki ishlar bosh boshqarmasi xabar berdi.

 

Qayd etilishicha, Mirzo Ulug‘bek tumani IIO FMB tomonidan Davlat xavfsizlik xizmati xodimlari bilan hamkorlikda tezkor tadbir o‘tkazilgan. Tadbir davomida Qibray tumanida yashovchi fuqaroning xonadoni xolislar ishtirokida ko‘zdan kechirilgan. Uyning yerto‘lasidan shisha idishlarga joylangan 1 kilogramm “marixuana” topilib, ashyoviy dalil sifatida olingan.

Bildirilishicha, mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 273-moddasi (giyohvandlik vositalarini, psixotrop moddalarni yoki ularning analoglarini o‘tkazish maqsadini ko‘zlab qonunga xilof ravishda tayyorlash, qayta ishlash, olish, saqlash va boshqa harakatlar qilish, shuningdek ularni qonunga xilof ravishda o‘tkazish) 6-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. Gumonlanuvchiga nisbatan qamoqqa olish tarzidagi ehtiyot chorasi qo‘llangan.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Farg‘ona va Namangan viloyatlarida jami 2,6 kg narkotik modda saqlagan va sotishga uringan bir nechta shaxslar qo‘lga olingani haqida xabar berilgan edi.


Maqola muallifi

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing