Farg‘ona va Namanganda og‘ufurushlar qo‘lga olindi
3-sahifa
−
28 Sentyabr 1361 2 daqiqa
Farg‘ona va Namangan viloyatlarida jami 2,6 kg narkotik modda saqlagan va sotishga uringan bir nechta shaxslar qo‘lga olindi. Bu haqda Davlat xavfsizlik xizmati xabar berdi.
DXX Farg‘ona viloyati bo‘yicha boshqarmasi xodimlari tomonidan viloyat Ichki ishlar va Bojxona boshqarmalari bilan hamkorlikda o‘tkazilgan tezkor tadbirda “Farg‘ona – Toshkent” yo‘nalishida harakatlanayotgan Cobalt rusumli avtotransport vositasi Pop tumanidagi “Namangan” YPX maskanida to‘xtatilib, ko‘zdan kechirilgan.
Natijada Chirchiq shahrida yashovchi, 1995 yilda tug‘ilgan fuqaro boshqaruvidagi ushbu avtomashina yukxonasiga yashirib qo‘yilgan 1 kg “gashish” moddasi ashyoviy dalil sifatida olingan.
Shuningdek, DXX Namangan viloyati bo‘yicha boshqarmasi, Ichki ishlar va Bojxona organlari hamkorligida Chust tumanida o‘tkazilgan tezkor tadbirda VAZ-2103 rusumli avtotransport vositasi shubha ostiga olinib, tegishli tartibda ko‘zdan kechirilgan. Tekshiruv jarayonida Yangi Namangan tumanida yashovchi, 1987 yilda tug‘ilgan, muqaddam sudlangan shaxsga tegishli mazkur avtomashina salonida 995 gr “gashish” moddasi borligi ma’lum bo‘lgan.
Namangan shahrida istiqomat qiluvchi, 1975 yilda tug‘ilgan fuqaroning yashash xonadoni xolislar ishtirokida ko‘zdan kechirilganda, uning yerto‘lasidan 648 gr “gashish” moddasi olingan. Shuningdek, u mazkur giyohvandlik vositasini Yangi Namangan tumanida yashovchi, 1972 yilda tug‘ilgan tanishidan 5 ming AQSH dollariga sotib olganligi aniqlanib, ushbu shaxs ham protsessual tartibda ushlangan.
Bildirilishicha, hozirda barcha qonunbuzarlarga nisbatan jinoyat ishlari qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Surxondaryoda fuqarolarga qora dori tarqatgan ayol qo‘lga olinib, uning xonadonidan 1 kilogramm 5 gramm giyohvandlik moddasi topilgandi.
Live
Barchasi