Oliy sud: Ishga tiklash bo‘yicha eng ko‘p shikoyat bergan – bu o‘qituvchilar 

Jamiyat

image

Oliy sud vakillari tomonidan ishga tiklash, mehnat masalalari bo‘yicha eng ko‘p ariza qaysi kasb egalaridan kelib tushgani aytildi. 

Jurnalistlar bilan mehnat huquqiy munosabatlaridan kelib chiqadigan nizolar mavzusi bo‘yicha Oliy sud tomonidan yig‘ilish o‘tkazildi. 

2019 yilda Oliy sudga ishga tiklash masalasida sudlarga eng ko‘pi o‘qituvchilar – xalq ta’limi tizimi xodimlari, maktabgacha ta’lim muassasasi tarbiyachilari va shifokorlar ariza bergan. Oliy sud raisi o‘rinbosari Xolmo‘min Yodgorovning ma’lum qilishicha, respublika fuqarolik ishlari bo‘yicha sudlari tomonidan 2019 yil davomida ko‘rilgan188 282 ta ishdan 4233 tasini aynan mehnat nizolariga oid ishlar tashkil etadi. Shundan 1964 tasi ishga tiklash,  1279  tasi ish haqini undirish,  196 tasi xodim tomonidan ish beruvchiga yetkazilgan zararni qoplash va 700 tasi boshqa mehnat nizolari bilan bog‘liq. 

Sud qarori asosida yil mobaynida 775  nafar xodim ishga tiklangan. 

Hududlar kesimi bo‘yicha olsak, eng ko‘p murojaat Qashqadaryo viloyatidan tushgan. 

“Qaysi hududdan ko‘p ariza tushishi bu o‘sha hududda ko‘proq qonunbuzilishi bo‘layotganini anglatmaydi”, deydi Oliy sud raisi o‘rinbosari Xolmo‘min Yodgorov.


Maqola muallifi

Teglar

Oliy sud

Baholaganlar

69

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing