O‘zbekistonda aeroportlar xususiylashtiriladi
Jamiyat
−
15 noyabr 2019
5170Samarqand, Buxoro, Urganch, Farg‘ona va Termiz aeroportlarida konsessiya asosida boshqarishga qiziqish borligi e’tirof etildi. Bu haqda Davlat aktivlarini boshqarish agentligi direktori Sunnatulla Bekenov Yaponiya fuqaro aviatsiyasi byurosi direktori o‘rinbosari boshchiligidagi “Sumitomo korporeyshn” kompaniyasi delegatsiyasi bilan uchashuvda aytib o‘tdi.
“Bu uchrashuv O‘zbekiston Prezidentining yaqinda kun chiqar mamlakatga rejalashtirilayotgan oliy darajadagi tashriflari oldidan muhim ahamiyat kasb etadi”, dedi agentlik direktori S.Bekenov.
Uchrashuvda dunyo tajribasida o‘zini oqlagan usul sifatida aeroportlar faoliyatini samarali boshqarishda davlat-xususiy sherikchilik mexanizmlaridan oqilona foydalanish istiqbollari muhokama qilindi. Jumladan, Toshkent xalqaro aeroportini konsessiya usulida boshqarish loyihasi bo‘yicha takliflar taqdim etildi. Samarqand, Buxoro, Urganch, Farg‘ona va Termiz aeroportlarida ushbu mexanizm asosida boshqarishga qiziqish borligi e’tirof etildi.
Shuningdek, “O‘zbekiston aeroportlari” aksiyadorlik jamiyati faoliyatiga yaponiyalik ekspertlarni jalb etish masalasi muhokama qilindi.
Xalqaro aeroportlar reytingida yuqori o‘rinlarda turuvchi Yaponiyaning Narita, Fukoka, Senday, Kansay va Xokkaydo aeroportlari, ulardagi boshqaruv tizimi, foydalanuvchilar uchun yaratilgan qulay imkoniyatlar haqida fikr mulohazalar bildirildi.
Yaponiya delegatsiyasi rahbari samimiy qabul uchun minnatdorlik bildirib, aviatsiya sohasidagi investitsiya loyihalarini hamkorlikda amalga oshirish bo‘yicha o‘z takliflari bilan o‘rtoqlashdi.
Avvalroq, O‘zbekistonda yangi mustaqil aviakompaniya tashkil etilishi haqida xabar bergan edik.
LiveBarchasi