Habib Toshkentda jang qilishga tayyor. Biroq, bir muammo bor...

Sport

image

UFC chempioni Habib Nurmuhamedov O‘zbekistonda MMA`ni rivojlantirish uchun yordam berishga tayyor. Bu haqda u Toshkentda GFC-20 musobaqasi oldidan o‘tkazilgan Matbuot anjumanida aytib o‘tdi.

Anjumanda O‘zbekiston aralash jang san’atlari assotsiatsiyasi prezidenti Otabek Umarov, turnirning faxriy mehmoni sifatida O‘zbekistonga tashrif buyurgan UFC chempioni Habib Nurmuhamedov, uning otasi hamda ustozi Abdulmanap Nurmuhamedov va boshqalar ishtirok etishdi.

“O‘zbekistonda MMA`ni rivojlantirish uchun qo‘limdan kelgancha yordam berishga tayyorman. Shu sport turida anchadan beri faoliyat yuritaman va ma’lum darajada obro‘ qozonganman. Agarda kimgadir ko‘mak kerak bo‘lsa, bunga doim tayyorman”, dedi sportchi.

Shuningdek, Habib Nurmuhamedov GFC-20 musobaqasi o‘zbek sportchilari uchun tramplin vazifasini bajarib berishini alohida ta’kidlab o‘tdi.

“Bu turnirning O‘zbekistonda o‘tkazilishi o‘zbek sportchilari uchun tramplin vazifasini bajarib beradi. 4-5 yil ichida o‘zbek aralash jang san’ati sportchilari UFC`ning markaziy janglarida o‘zlarini ko‘rsatishadi”, deb ishonch bildirdi sportchi.

Nurmuhamedov O‘zbekistonda jang qilishga ham tayyor ekanini bildirib, buning uchun UFC bilan kelishish kerakligini ta’kidladi.

“O‘zbekistonda jang qilishga qarshi emasman. “Humo Arena” UFC janglarini o‘tkazish uchun mos keladi. Agar O‘zbekiston MMA federatsiyasi UFC bilan kelisha olsa, men bajonidil bu yerda jang qilgan bo‘lardim”, dedi Habib.

Eslatib o‘tamiz, Habib Nurmuhamedovning keyingi jangi 2020 yilning birinchi choragida bo‘lishi taxmin qilinyapti. Unga Toni Fergyuson raqiblik qilishi kutilyapti.


Maqola muallifi

Teglar

Habib Nurmuhamedov MMA GFC-20

Baholaganlar

527

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing