“Verder”ning sobiq murabbiyi futbolni tashlab, burger biznesiga o‘tdi

Sport

image

Germaniyaning “Verder” va “Gerta” klublari sobiq bosh murabbiyi Aleksandr Nuri futbolchilik faoliyatini yakunlab, McDonald’sda ish boshladi. Bu haqda “The Athletic” nashri xabar berdi.

Manbaga ko‘ra, 46 yoshli mutaxassis hozirda McDonald’s franshizalariga egalik qiluvchi tadbirkor sifatida faoliyat yuritmoqda.

Nuri 2026 yil boshidan buyon tarmoqning ikkita restoranini boshqarib kelmoqda. Joriy yilning iyul oyida esa u uchinchi restoranni ham o‘z boshqaruviga olgan. Germaniya Bundesligasining sobiq murabbiyi hozirda 150 nafardan ortiq xodimni boshqaradi.

Qayd etilishicha, Nuri restoran biznesida ishlash uchun maxsus tayyorgarlikdan ham o‘tgan. U oshxonada ishlash, taom tayyorlash va burgerlarni grilda pishirish kabi jarayonlarni o‘z ichiga olgan to‘liq o‘quv kursini yakunlagan.

Nuri to‘liq murabbiylik litsenziyasini Germaniya terma jamoasi bosh murabbiyi Yulian Nagelsmann bilan bir guruhda olgan.

U asosan “Verder”dagi faoliyati bilan tanilgan. Nuri 2016 yilda jamoa boshqaruvini vaqtincha qabul qilib, keyinchalik asosiy tarkib bosh murabbiyi sifatida ishlagan. Uning qo‘l ostida “Verder” 11 ta o‘yindan iborat mag‘lubiyatsiz seriya qayd etgan. Biroq 2017 yil oktyabr oyida natijalar pasayib ketgani sababli murabbiy lavozimidan ozod qilingan.

Shundan so‘ng Nuri “Ingolshtadt”da ishladi, “Gerta”da Yurgen Klinsmannga yordam berdi. Uning murabbiylikdagi so‘nggi ish joyi Gretsiyaning “Kavala” klubi bo‘ldi. Nuri ushbu jamoani 2022 yilda tark etgan.

Sobiq murabbiy futboldan ketish qarori puxta o‘ylangan va mantiqiy bo‘lganini ta’kidladi. U Yurgen Klinsmann va Gregg Berxalter bilan ishlash davrida orttirgan boshqaruv tajribasi hozirgi biznesini yuritishda unga katta yordam berayotganini aytdi.

Shu tariqa, Aleksandr Nuri futbol maydonlaridan restoran biznesiga o‘tib, yangi faoliyatini davom ettirmoqda.


Maqola muallifi

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing