AQSHdagi McDonald’s restoranida ommaviy zaharlanish qayd etildi. 1 kishi vafot etdi
Olam
−
23 Oktabr
2065AQSHda McDonald’s fastfud tarmog‘iga tamaddi qilishga kelgan 49 kishi burger iste’mol qilish ortidan zaharlandi, bemorlardan biri vafot etdi. Bu haqda mamlakatning Kasalliklarni nazorat qilish va oldini olish markazi xabar berdi.
Zaharlanishdan vafot etgan shaxs koloradolik keksa erkak bo‘lgan. Shifoxonaga yotqizilganlar orasida bir nafar bola ham bor, uning ahvoli esa og‘ir. Shifoxonaga sog‘ligidan shikoyat qilib murojaat qilgan bemorlarning aksariyati restoranning Royal Chizburger (McDonald's Quarter Pounder) gamburgerini iste’mol qilganini aytgan. Ularning aksariyati Kolorado va Nebraska shtatlarida yashaydi. Restoran tarmog‘i bir necha shtatlarda yangi to‘g‘ralgan piyoz va chorak funtli mol go‘shtidan foydalanishni to‘xtatgan.
Zaharlanish holatlari 27 sentyabrdan 11 oktyabrgacha Kanzas, Missuri, Nebraska va Viskonsin kabi o‘nta shtatda qayd etilgan. Eng ko‘p zaharlanish holati Koloradoda – 27 ta, undan keyin Nebraskada – 9 ta kuzatilgan. E. coli O157:H7 infeksiyasi deyilayotgan ushbu zaharlanish har yili taxminan 74 ming kasallanish holatini keltirib chiqaradi. O‘rtacha 60 ga yaqin kishi bu infeksiyadan vafot etadi.
Zaharlanishlar haqidagi xabar tarqalgach, 22 oktyabrdagi qo‘shimcha sessiyada McDonald’s aksiyalari narxi 6 foizdan ko‘proqqa arzonlagan.
Ma’lumot uchun, AQSHning sobiq prezidenti, joriy yilning 5 noyabr kuni bo‘lib o‘tadigan prezidentlik saylovida Respublikachi partiyadan ko‘rsatilgan nomzod Donald Tramp 20 oktyabr kuni Pensilvaniyadagi McDonald’s yemakxonasiga borgan edi. U pidjak o‘rniga ishchi fartukini kiygan va oshxonada kartoshka-fri qovurib, uni qadoqlagan. Keyin u buyurtmalarni tezkor qabul qilish oynasi orqali tayyorlagan yeguligini mijozlarga tarqatgan – Tramp buni o‘zi tayyorlagani va yeguliklar shaxsiy hisobidan ekanini aytgan. Prezidentlikka nomzod tashrifi vaqtida restoran zali yopiq bo‘lgan.
LiveBarchasi
Putin xalqiga murojaat qildi.
21 noyabr