Venetsiya xavf ostida. UNESCO Italiyani aybladi

Olam

image

UNESCO Venetsiyani xavf ostidagi Jahon merosi ro‘yxatiga qo‘shishni tavsiya qildi va Italiyani yetarlicha choralar ko‘rmayotganlikda aybladi. Bu haqda “Euronews” nashri xabar berdi.

UNESCO`ning Butunjahon merosi markazi ekspertlari muntazam ravishda BMT madaniy agentligining 1157 ta Jahon merosi ob’ektlarining holatini ko‘rib chiqadi. Bu yil sentyabr oyida Ar-Riyodda bo‘lib o‘tadigan yig‘ilishda UNESCO`ga a’zo 21 davlatdan iborat qo‘mita 200 dan ortiq ob’ektlarni ko‘rib chiqadi. Shunga asosan ularning qay birini xavf ostidagi manzillar ro‘yxatga kiritish haqida qaror qabul qiladi. Shunday hududlar orasidan Venetsiya ham joy olishi kutilmoqda.

Tashkilotning bildirishicha, Italiya shaharni iqlim o‘zgarishi va ommaviy turizm ta’siridan himoya qilish uchun yetarlicha harakat qilmayapti. 

Gap shundaki, kanallari va madaniy obidalari bilan tanilgan Venetsiya bir necha yillardan beri turizmning me’yordan ortiq darajasi bilan kurashib kelmoqda. Jumladan, 2019 yili karnaval davomida tarixiy markazga bir kunda 193 mingga yaqin odam oqib kelgan. 

Venetsiya tashrif buyuruvchilar sonini nazorat qilish maqsadida bir kunlik sayyohlar uchun to‘lov joriy etishga tayyorlanmoqda. Ammo e’tirozlar tufayli bu kechiktirilyapti.

Ma’lumot uchun, bu yil xavf ostidagi ob’ektlar ro‘yxatiga Ukrainaning Kiyev va Lvov shaharlari ham kiritilishi tavsiya etilgan.

Eslatib o‘tamiz, yanvar oyida Ukrainaning Odessa shahri ham UNESCO`ning Butunjahon merosi ro‘yxatiga kiritilgan. 


Maqola muallifi

Teglar

turizm Italiya UNESCO Venetsiya xavf

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing