Venesuelaning O‘zbekistondagi elchisi tayinlandi

Jamiyat

image

Bugun, 9 dekabr kuni Rozalba Lo Buye Antiko Venesuelaning O‘zbekistondagi elchisi etib tayinlandi. Bu haqda Tashqi ishlar vaziri Baxtiyor Saidov xabar berdi.

Qayd etilishicha, Baxtiyor Saidov Tashqi ishlar vazirligida Venesuelaning O‘zbekistondagi elchisi Rozalba Lo Buye Antiko bilan uchrashgan va ishonch yorlig‘ini qabul qilgan.   

“Geografik joylashuv jihatdan uzoq masofaga qaramay mamlakatlarimizni bir-biriga yaqinlashtirish uchun aloqalarni bog‘lashga qaratilgan ko‘priklar barpo etishga kelishib oldik. Yangi qo‘shma loyihalar ishlab chiqish va amalga oshirish, parlamentlararo hamkorlikka ko‘maklashish, bilim almashinuvini qo‘llab-quvvatlash va boshqa masalalar yuzasidan batafsil fikr almashdik. Elchi xonim, O‘zbekistonga xush kelibsiz!”, deydi vazir.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Ivan Orlich Bosniya va Gersegovinaning O‘zbekistondagi ilk elchisi etib tayinlangandi.


Maqola muallifi

Teglar

Venesuela elchi

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing