Venesueladagi zilzila qurbonlari soni 5 mingdan oshdi
Olam
−
19 iyul 1275 1 daqiqa
Venesuelada sodir bo‘lgan vayronkor zilzila qurbonlari soni 5 ming 119 kishiga yetdi. Bu haqda Milliy assambleya rahbari Xorxe Rodriges ma’lum qildi.
“5 ming 119 kishi halok bo‘ldi, 16 ming 740 kishi jarohatlandi”, deydi u.
Mamlakat rasmiylarining ma’lumotlariga ko‘ra, tabiiy ofatdan so‘ng 16 ming 740 kishi jarohatlangan, yana 6 ming 462 kishini qutqarib qolishga muvaffaq bo‘lingan. Vaqtinchalik lagerlarda 21 mingdan ortiq fuqaro joylashtirilgan, 17,9 mingga yaqin kishi esa boshpanasiz qolmoqda.
Qayd etilishicha, tabiiy ofat 856 ta binoga shikast yetkazgan, ulardan 190 tasi butunlay vayron bo‘lgan.
Ofat oqibatlarini bartaraf etishga 31 mingga yaqin favqulodda vaziyatlar xizmati xodimlari, 31,3 mingdan ortiq ko‘ngillilar va 2,4 ming nafar xorijlik qutqaruvchilar jalb etilgan.
Eslatib o‘tamiz, joriy yil 25 iyun kuni Venesuelada so‘nggi 126 yildagi eng kuchli zilzila yuz bergan edi.
Live
Barchasi