Venesueladagi vayronalar ostidan go‘zallik tanlovi g‘olibasining jasadi topildi

Olam

image

Venesueladagi vayronkor zilzila qurbonlari soni 2300 nafarga yaqinlashdi. Halok bo‘lganlar orasida go‘zallik tanlovi g‘olibasi ham bor. Bu haqda “Bild” xabar berdi.  

Qayd etilishicha, qutqaruvchilar Venesueladagi vayronkor zilziladan keyin vayronalarni tozalashni davom ettirmoqda. Halok bo‘lganlar soni ortib bormoqda, vayronalar ostidan topilganlar orasida go‘zallik tanlovi g‘olibasi Skarlent Rodriges ham bor.

23 yoshli qiz va uning sevgan yigiti Xose Kastro Katia-la-Mar shahrida qulab tushgan turarjoy binosi vayronalari ostidan topilgan. Juftlikning yaqinlari oxirgi soniyagacha ularni sog‘-salomat topishdan umid uzmagan edi.

Skarlent Rodriges “Miss Grand Orlando-2025” tanlovida g‘olib bo‘lganidan keyin tanilgan. Keyinchalik u “Miss Grand Florida” tanlovida ham ishtirok etgan, biroq bosh yutuqni qo‘lga kirita olmagan.

Eslatib o‘tamiz, Venesuelada kuchli zilzilalardan so‘ng qutqaruvchilar vayronalarni tozalagani sari halok bo‘lganlar soni ortib bormoqda. Qutqaruvchilar vayronalar ostidan hozirgacha 2295 kishining jasadini olib chiqdi. Mamlakatda yetti kunlik motam e’lon qilingan.


Maqola muallifi

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing