Venesuelada noqonuniy ishlayotgan oltin koni quladi
Olam
−
05 fevral 2020 4485 1 daqiqa
Venesuelaning Bolivar shtatidagi tashlandiq kon o‘pirilib tushishi oqibatida 21 dan 23 yoshgacha bo‘lgan uch nafar erkakning jasadi qolib ketdi. Bu haqda qutqaruv xizmatiga tayanib, Pitazo nashri xabar bermoqda.
Ma’lumotlarga ko‘ra, bir kun oldin ijtimoiy tarmoqlarda oltin qazib olishga mo‘ljallangan Isidore konining qulashi to‘g‘risida ma’lumot tarqala boshladi.
“Ta’kidlanishicha, hozirda kon yopilgan, ammo mahalliy konchilar guruhlari noqonuniy ishlarni davom ettirishmoqda”, deyiladi xabarda.
OAV xabarlariga ko‘ra, 50 metr chuqurlikda 20 dan 35 kishigacha odam qolgan bo‘lishi mumkin.
Live
BarchasiNamanganda yana zilzila bo‘ldi
06 dekabr