Venesuelada Maduroga qarshi ommaviy mitinglar bo‘lib o‘tdi
Olam
−
18 avgust
3011Venesuelada mamlakatdagi munozarali prezidentlik saylovlaridan keyin kecha, 17 avgust kuni minglab odamlar namoyishga chiqdi. Bu haqda “The Washington Post” xabar berdi.
Poytaxt Karakasda bo‘lib o‘tgan mitingda, avvalroq hibsga olinishidan qo‘rqib, uzoq vaqt davomida mamlakatda yashirinib yurgan muxolifat yetakchisi Mariya Korina Machado ham ishtirok etdi.
Machado yig‘ilganlarga Nikolas Maduroning yangi prezidentlik muddatiga qarshi oxirigacha kurashishga va’da berdi va odamlarni ko‘chalarni tark etmaslikka chaqirdi. U, shuningdek, Venesuela xavfsizlik kuchlarini muxolifat tomoniga o‘tishga da’vat qildi.
Venesuelada prezidentlik saylovlari 28 iyul kuni bo‘lib o‘tdi. Mamlakat hukumati nazoratidagi saylov komissiyasining ma’lum qilishicha , avvalroq mamlakatni ikki muddat boshqargan Nikolas Maduro saylovchilarning 51,2 foizi qo‘llab-quvvatlagan. Biroq xalqaro kuzatuvchilarga saylovlarda ishtirok etishiga ruxsat berilmagan.
Muxolifatga ko‘ra, saylov byulletenlari adolatli hisoblangan holda, muxolifat nomzodi Gonsales taxminan 67 foiz ovoz bilan saylovda g‘alaba qozonishi kerak edi. Maduroning raqiblari Venesuela bo‘ylab to‘g‘ridan-to‘g‘ri saylov uchastkalaridan olingan byulletenlarning 80 foizdan ortig‘ini qo‘llab-quvvatlagan.
Saylov natijalari e’lon qilingach, Karakas va Venesuelaning boshqa shaharlarida firibgarlikka qarshi namoyishlar boshlandi. Politsiya va harbiylar namoyishchilarga qarshi ko‘zdan yosh oqizuvchi gaz va rezina o‘qlardan foydalangan. Turli manbalarga ko‘ra, mamlakatdagi namoyishlar chog‘ida 23-25 kishi halok bo‘lgan.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Venesuelaning amaldagi Prezidenti Nikolas Maduro respublikadagi prezidentlik saylovlarida g‘alaba qozongani haqida xabar berilgandi. Shuningdek, Maduro AQSHni mamlakat ichki ishlariga aralashmaslikka chaqirgandi.
LiveBarchasi
Putin xalqiga murojaat qildi.
21 noyabr