Venesuelada hantavirus aniqlangan uch kishi vafot etdi

Olam

image

Venesuelaning sharqidagi Ansoategi shtatida xantavirus yuqtirgani tasdiqlangan uch kishi vafot etdi. Bu haqda mamlakat Sog‘liqni saqlash vazirligi xabar qildi.

Vazirlikning kecha, 21 iyul kuni tarqatgan bayonotiga ko‘ra, Barinas shtatida halok bo‘lgan yana ikki kishi – tibbiyot xodimlarining o‘limi Ansoategidagi holatlar bilan bog‘liq emas va hozirda tekshirilmoqda. Qayd etilishicha, bu alohida holatlar bo‘lib, aholi salomatligi uchun xavf tug‘dirmaydi.

Bayonotda ta’kidlanishicha, mazkur virus qishloq va qishloq xo‘jaligi hududlarida yashovchi kemiruvchilar orqali yuqadi. Asosan yopiq joylarda kemiruvchilarning peshobi, axlati yoki so‘lagi zarrachalarini nafas orqali yutish natijasida infeksiya yuqadi.

“Mamlakatimizda bu virusning odamdan odamga yuqishi bo‘yicha ilmiy dalillar mavjud emas”, deyilgan vazirlik bayonotida.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq AQSH Kasalliklarni nazorat qilish va oldini olish markazi (CDC) o‘tgan oy kruiz kemasi bilan bog‘liq hantavirus avj olishiga javob choralari yakunlanganini ma’lum qilgan edi. Ushbu epidemiyada uch kishi halok bo‘lgan.

CDC ma’lumotiga ko‘ra, o‘sha holatda aniqlangan And virusi odamdan odamga yaqin va uzoq muddatli muloqot orqali yuqishi mumkin bo‘lgan yagona ma’lum hantavirus hisoblanadi.


 


Maqola muallifi

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing