Venesuela Prezidenti mamlakat aholisini jiddiy ogohlantirdi
Olam
−
14 mart 2020
6542Venesuela Prezidenti Nikolas Maduro koronavirus masalasida gubernator va merlar bilan uchrashuv o‘tkazdi. Davlat rahbari ushbu yig‘ilishda odamlar metro va poyezdlarda niqoblarda yurishlari, aks holda, jamoat transportlarida yurish ular uchun taqiqlanishi haqida gapirib o‘tdi.
“Ertadan boshlab hech bir yo‘lovchi, agar u tibbiy niqobga ega bo‘lmasa, metro yoki poyezdga qo‘yilmaydi... Barchada niqob bo‘lishi kerak", dedi u.
Bundan tashqari, Braziliya va Kolumbiyadan keladigan har bir odam chegarani niqobsiz bosib o‘tmasligi haqida ko‘rsatma ham berilgan.
“Bu buyruqqa amal qilish so‘nggi afsusdan ko‘ra afzalroq", deya qo‘shimcha qilgan Prezident.
Ma’lumotlarga ko‘ra, ayni paytda mamlakatda koronavirusga 2 nafar shaxs chalingan.
LiveBarchasi