Venesuela Prezidenti X’ga kirishni taqiqladi (video)
Olam
−
09 avgust
3113Venesuela Prezidenti Nikolas Maduro X ijtimoiy tarmog‘iga kirishni 10 kunga taqiqlashni buyurdi. Bu haqda u poytaxt Karakasdagi Miraflores saroyida tarafdorlariga murojaat qilayotganida so‘z ochdi.
Maduro X Venesuelada nafrat va zo‘ravonlik tarqatayotganini aytdi. Prezident ushbu mavzuni Milliy telekommunikatsiya komissiyasi (CONATEL) bilan muhokama qilganini va X’ga kirishni o‘n kunga yopish bo‘yicha zarur ko‘rsatmalar berganini ma’lum qildi.
"Venesuelaning konstitutsiyasi bor, davlat bor va siz ularni hurmat qilishingiz kerak", deb ta’kidladi Prezident va tarafdorlarini uning qarorini qo‘llab-quvvatlashga chaqirdi.
Siyosatchi bir kun kelib Venesuelada WhatsApp, Instagram va TikTok’dan tashqari yangi ijtimoiy tarmoqlar paydo bo‘lishiga ishonch bildirdi.
Shuningdek, Maduro X ijtimoiy tarmog‘i egasi Ilon Maskni Venesuelaning qasamyodli dushmani deb e’lon qildi.
Qayd etish joizki, Venesuela Prezidenti Maduro 28 iyul kuni o‘z mamlakatida o‘tkazilgan prezidentlik saylovlarida uchinchi bor g‘alaba qozondi. Amerikalik milliarder Ilon Mask “saylovlar soxtalashtirilgan” deb aytdi.
Maskning ayblovlariga javoban Maduro shunday dedi:
“Munozarani xohlaysizmi, Ilon Mask? Men tayyorman, men Bolivarning o‘g‘liman, Chavesning o‘g‘liman, men sizdan qo‘rqmayman”.
Maduro Maskni mamlakatda zo‘ravonliklarni qo‘zg‘atganlikda ayblab, uni Venesuelaning dushmani deb atadi. Mask agar duelda g‘alaba qozonsa, Madurodan diktatorlikdan ketishini talab qilishini va SpaceX kompaniyasi yordamida Marsga tekinga jo‘natishini aytdi.
Bundan tashqari, Maduro saylovdan keyingi g‘alaba nutqi chog‘ida Milliy saylov komissiyasiga xakerlar hujumi ortida Mask turganiga ishonch bildirdi.
LiveBarchasi