Venesuela BMTga shikoyat qiladi
Olam
−
30 iyul 2019
3580Mamlakat AQSHning Venesuela havo hududini buzgani sababli BMTga shikoyat qilishi kutilmoqda. Bu haqda Vesti.ru ma’lum qildi.
Venesuela tashqi ishlar vaziri Xorxe Arreasning takidlashicha,Tramp ma’muriyati Venesuela havo hududini buzayotganini ochiq tan oldi.
Bu jinoiy tan olish. Ularning yomon niyatlari haqida shubha yo‘q. Biz shikoyat bilan BMTga murojaat qilamiz, deydi vazir.
Venesuela rasmiylarining ta’kidlashicha, Qo‘shma Shtatlar so‘nggi ikki hafta ichida mamlakatning havo hududini bir necha marta buzgan.
Mudofaa vazirligi ushbu voqealarni tashqi tomondan jiddiy tahdid deb hisoblash mumkinligini bildirdi. Iyul oyining boshida Venesuelada keng miqyosda elektr uzilishi sodir bo‘lgan edi va bu birinchisi emas.
Uzilishning sababi elektromagnit hujumi bo‘lishi mumkin, deydi rasmiylar hamda javobgarlikni AQSH zimmasiga yuklagan.
LiveBarchasi