Venesuela AQSHdan harbiy tajovuz bo‘layotganini e’lon qildi
Olam
−
03 yanvar 2821 1 daqiqa
Venesuela Tashqi ishlar vazirligi AQSHning o‘z mamlakatiga qarshi ochiqchasiga tajovuzini qoraladi. Bu haqda Venesuela Tashqi ishlar vaziri Ivan Xilning Telegram kanalida e’lon qilingan bayonotda aytilgan.
“Venesuela Bolivar Respublikasi Amerika Qo‘shma Shtatlarining amaldagi hukumati tomonidan Venesuela hududi va aholisiga qarshi respublika poytaxti Karakas shahrining fuqarolik va harbiy hududlarida, shuningdek, Miranda, Aragua va La-Guayra shtatlarida amalga oshirilgan ochiqchasiga harbiy tajovuzni rad etadi, qoralaydi va xalqaro hamjamiyatga e’lon qiladi”, deyiladi bayonotda.
Mamlakat Tashqi ishlar vazirligi ushbu harakat Birlashgan Millatlar Tashkiloti Nizomini qo‘pol ravishda buzish, shuningdek, tinchlik va xalqaro barqarorlikka, xususan, Lotin Amerikasi va Karib dengizida tahdid solishini va millionlab odamlarning hayotini jiddiy xavf ostiga qo‘yishini ta’kidlaydi.
“Bu hujumning maqsadi Venesuelaning strategik resurslarini, xususan, uning neft va minerallarini tortib olish va mamlakatning siyosiy mustaqilligini majburan buzishga urinishdan boshqa narsa emas. Bu amalga oshmaydi”, deyiladi vazirlik bayonotida.
Avvalroq Venesuela poytaxti Karakasda bir nechta portlashlar sodir bo‘lgani haqida xabar berilgan edi. Portlash ovozlari shaharning turli qismlarida, shuningdek, Mayketiyadagi Simon Bolivar aeroportida va La-Guayra portida eshitilgan.
Mamlakatda favqulodda holat e’lon qilingan.
AQSH armiyasi Karakasdagi portlashlarda Amerika kuchlarining ishtiroki ehtimoli haqida izoh berishdan bosh tortdi.
Live
Barchasi