Venesuela 65 mlrd barrel neftni qo‘sh-qo‘llab AQSHga topshirdi
Olam
−
06:01 398 1 daqiqa
AQSH va Venesuela “jahon tarixidagi eng yirik neft bitimi”ni tuzdi. Bu haqda Amerika yetakchisi Donald Tramp o‘zining Truth Social ijtimoiy tarmog‘idagi sahifasida ma’lum qildi.
“AQSH Venesuela bilan jahon tarixidagi eng yirik neft bitimi bo‘yicha kelishuvga erishdi!” deb yozdi u.
AQSH Prezidentining so‘zlariga ko‘ra, Vashington Venesuelaning 65 milliard barrel neftidan “hech qanday xarajatlarsiz” foydalanish imkoniyatiga ega bo‘ladi. Bu Amerika neft zaxiralarini ikki baravardan ko‘proqqa oshirish, yetkazib berishni kengaytirish va uzoq muddatli istiqbolda AQSH fuqarolari uchun benzin narxini sezilarli darajada pasaytirish imkonini beradi.
Trampning aniqlik kiritishicha, kelishuvga Davlat kotibi Marko Rubio, Mudofaa vaziri Pit Xegset va Venesuelaning vaqtinchalik prezidenti Delsi Rodriges o‘rtasida erishilgan. Amerika yetakchisi ushbu bitim Venesuelaga “muvaffaqiyat va farovonlik” sari harakat qilishga yordam berishiga ishonch bildirgan.
Bungacha Qo‘shma Shtatlar Energetika vaziri o‘rinbosari Kayl Xaustvey Venesuelada qazib olinadigan neftning yarmiga yaqini AQSHga eksport qilinayotganini aytgan. Uning so‘zlariga ko‘ra, Lotin Amerikasi mamlakatida kuniga taxminan 1,25 million barrel neft qazib olinmoqda.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Venesuela AQSH bilan yirik neft konlarini 100 yilgacha ijaraga berish bo‘yicha muzokara olib borayotgani haqida xabar berilgan edi.
Live
BarchasiTibbiy xizmatlar hajmi 3 karra oshdi
28 avgust
Maktablarda qamrov 78 foizga oshirildi
28 avgust