“Vaziyat jiddiy”. Yana bir mamlakat fuqarolariga Rossiyadan chiqishni tavsiya qildi
Olam
−
03 Oktabr 2022 25323 1 daqiqa
Chexiya Tashqi ishlar vazirligi bugun, 3 oktyabr kuni Rossiyada bo‘lib turgan fuqarolarini Ukrainadagi voqealar munosabati bilan xavfsizlik vaziyatining yomonlashishi mumkinligi sababli mamlakatni tark etishga chaqirdi. Tegishli hujjat vazirlik saytida e’lon qilindi.
“Chexiya Tashqi ishlar vazirligi vatandoshlarini mamlakatni [Rossiya Federatsiyasi] tark etishga chaqiradi”, deyiladi hujjatda.
Hujjatda Chexiya TIV Rossiya Federatsiyasining Ukrainaga harbiy bosqinining davom etayotgani va [Rossiyada] xavfsizlik vaziyatining, birinchi navbatda, Yevropa Ittifoqi va NATO davlatlari fuqarolari uchun yomonlashishi mumkinligi tahdidi munosabati bilan respublika aholisini Rossiya Federatsiyasi hududiga sayohat qilishdan qat’iy ogohlantiradi.
Tashqi ishlar vazirligi, shuningdek, Rossiya bilan Yevropa Ittifoqi va NATO davlatlari o‘rtasidagi munosabatlar keskinlashgani sababli, Chexiyaning Moskvadagi elchixonasi faoliyatida cheklovlar bo‘lishi mumkinligini ta’kidlagan.
Ma’lumot uchun, avvalroq Bolgariya va Polsha, Italiya, AQSHning Moskvadagi elchixonasi o‘z fuqarolariga Rossiya Federatsiyasi hududini zudlik bilan tark etish va mamlakatga sayohat qilishdan bosh tortish imkoniyatlari haqida o‘ylashni tavsiya qilgan edi.
Live
Barchasi