Vaziyat taranglashmoqda. Qozog‘iston janubidagi mojaroda 8 kishi halok bo‘ldi

Olam

6666

Avvalroq, Qozog‘istonning Qirg‘iziston bilan chegaraga yaqin hududida, Masanchi qishlog‘ida qozoqlar va dunganlar o‘rtasida etnik mojaro kelib chiqqani haqida xabar bergan edik.

Shundan so‘ng, Qozog‘iston Prezidenti Qosim-Jomart To‘qayev ushbu voqeaga o‘z munosabatini bildirdi. “Jambil viloyatining Korday tumanida bezorilik niyatida bo‘lgan guruhlar o‘rtasida ommaviy mushtlashuv kelib chiqdi. Fitnachilar bundan foydalanmoqchi bo‘lishdi. Politsiya vaziyatni barqarorlashtirib, nazorat ostiga oldi. Jamoat tartibini buzishda aybdor bo‘lgan shaxslar javobgarlikka tortiladi”, degan u.So‘nggi xabarlarga ko‘ra, ushbu to‘qnashuvlarda sakkiz kishi halok bo‘lgan, o‘nlab odam jarohatlangan. 47 kishi huquq-tartibot idoralari xodimlari tomonidan qo‘lga olingan.

Rasmiy manbalar vaziyat yanada chigallashayotganini ma’lum qilgan.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

454

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing