Vaziyat og‘ir. Prezident nega Sayxunobodga borganini ochiqladi

Jamiyat

image

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Sirdaryo viloyati Sayxunobod tumaniga tashrifi boshlandi. Ayni damda davlat rahbari raisligida videoselektor yig‘ilishi o‘tkazilmoqda. 

Davlat rahbari so‘zi avvalida nega aynan shu tumanga kelganini izohlagan. 

Sayxunobod aholisi yaxshi yashashga, daromadli bo‘lishga, bolalarini o‘qitishga intilayotgani, lekin tumandagi og‘ir iqtisodiy ahvol bunga to‘sqinlik qilayotganini aytgan.

Uning qayd etishicha, tadbirkorlik, bandlik, kambag‘allikdan chiqarishga katta-katta mablag‘lar ajratilayotganiga qaramay, Sayxunoboddagi 19 ta mahallada yashaydigan 83 ming aholining qanchasiga bu imkoniyatlar yetib boryapti, degan savol ochiq qolmoqda.

“Shuning uchun bugungi yig‘ilish tomorqa va uy xo‘jaliklarini rivojlantirish orqali aholi farovonligini oshirishda nafaqat Sayxunobod, balki butun mamlakatimiz uchun tub burilish yasaydi”, deydi Prezident.

Yig‘ilishda joylardagi va respublika darajasidagi rahbarlar Sayxunoboddagi ahvolni yaxshilashga e’tibor qaratmagani, pastga tushib ishlamagani, faqat yig‘ilish o‘tkazish bilan cheklangani tanqid qilingan.
 
Misol uchun, tumanda 2 ming 400 ta ishsiz bor, kambag‘allik darajasi – 14 foiz, mahalliy byudjet tushumi 27 milliard so‘m, xarajati 67 milliard so‘m. 

“Bir so‘z bilan aytganda, Sayxunobodda tadbirkorlik o‘smayapti, Yangi O‘zbekiston nafasi sezilmayapti”, deydi davlat rahbari.

Shu bois, viloyat hokimining birinchi o‘rinbosari, Sayxunobod tumani hokimi va uning birinchi o‘rinbosari lavozimidan ozod etilib, o‘rniga zamonaviy rahbarlar qo‘yildi.


Maqola muallifi

Teglar

Shavkat Mirziyoev

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing