Vazirlik yana bir xususiy bandlik agentligidan litsenziyani qaytib oldi
Jamiyat
−
05 mart 2020
5828“Amilee bahora” xususiy bandlik agentligiga O‘zbekiston Respublikasidan tashqarida ish izlayotgan shaxslarni ishga joylashtirish faoliyati bilan shug‘ullanish uchun berilgan litsenziya joriy yilning 4 mart kunidan boshlab bekor qilindi.
Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018 yil 12 sentyabrdagi qarori bilan tasdiqlangan “O‘zbekiston Respublikasidan tashqarida ish izlayotgan shaxslarni ishga joylashtirish bo‘yicha faoliyatini litsenziyalash tartibi to‘g‘risida”gi Nizomda belgilangan talablarga binoan, “Amilee bahora” MCHJ litsenziyasini bekor qilish to‘g‘risida qaror qabul qildi.
Avvalroq, “Recruit Consulting Work Xususiy bandlik agentligi”ning faoliyati to‘xtatilgani haqida xabar bergan edik.
LiveBarchasi