O‘zbekistonda 6 ta bandlik agentligining litsenziyasi to‘xtatib qo‘yildi

3-sahifa

image

O‘zbekistonda fuqarolarni xorijda ishga joylash bilan shug‘ullanib kelayotgan yana 6 ta xususiy bandlik agentligining litsenziyasi vaqtincha to‘xtatib qo‘yildi. Bu haqda Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi Matbuot xizmati xabar bermoqda. 

Ta’kidlanishicha, Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligining bugun, 7 dekabrdagi tegishli qarorlari bilan Xorijda mehnat faoliyatini amalga oshiruvchi fuqarolarni qo‘llab-quvvatlash hamda ularning huquq va manfaatlarini himoya qilish jamg‘armasida BHMning 8500 baravari miqdoridagi mablag‘larni zaxira sifatida to‘ldirmagani sababli quyidagi xususiy bandlik agentliklarining litsenziyalari 10 kun muddatga vaqtincha to‘xtatilgan:

1. “Mirai recruitment agency xususiy bandlik agentligi” MCHJ;

2. “Reiwa xususiy bandlik agentligi” MCHJ;

3. “Turon world cooperation xususiy bandlik agentligi” MCHJ;

4. “Priority international xususiy bandlik agentligi” MCHJ;

5. “Specialist group xususiy bandlik agentligi” MCHJ;

6. “Jyonan-staff Business xususiy bandlik agentligi” MCHJ.


Maqola muallifi

Teglar

xususiy bandlik agentligi

Baholaganlar

227

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing