Qo‘shni davlatdan O‘zbekistonga o‘qishini ko‘chirmoqchi bo‘lgan talabalardan imtihon olinmaydi
Jamiyat
−
07 fevral 2020
9748O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi qo‘shni davlatlardagi oliy ta’lim muassasalaridan o‘qishini ko‘chirish bo‘yicha murojaat qilayotgan fuqarolar va ularning ota-onalarni ogohlantirish bilan chiqdi.
“Siz tomoningizdan taqdim etilgan hujjatlar to‘g‘ri va to‘liq bo‘lgan taqdirda Hududiy ishchi guruhlari tomonidan albatta qabul qilinadi.
Ko‘chirishda hech qanday qo‘shimcha talablar va sinovlar qo‘yilmaydi.
Turli “yordam beradigan” ta’magir va firibgarlarning takliflaridan ehtiyot bo‘ling”, deyiladi vazirlik xabarida.
Shuningdek, turli savol va tushunmovchiliklar yuzaga kelsa bevosita Hududiy ishchi guruhlariga hamda quyidagi telefon raqamlariga murojaat qilish mumkinligini eslatdi:
Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi – (71) 246-38-57;
Sog‘liqni saqlash vazirligi – (71) 241-16-91.
Ma’lumot uchun, o‘qishni ko‘chirish bo‘yicha arizalar 15 fevralgacha qabul qilinadi.
LiveBarchasi