Vazirlik qaysi xorijiy OTM talabalari o‘qishini imtihonsiz ko‘chirishi mumkinligini e’lon qildi

Jamiyat

image

Avvalroq, 2020/2021 o‘quv yiliga xorijiy davlatlardagi oliy ta’lim muassasalari hamda respublikadagi xorijiy va nodavlat oliy ta’lim muassasalaridan O‘zbekiston oliy ta’lim muassasalariga o‘qishini ko‘chirish uchun ro‘yxatdan o‘tgan fuqarolar uchun onlayn test sinovlari joriy yilning 5-6 sentyabr kunlari o‘tkazilishi haqida xabar bergan edik.

Endilikda Oliy ta’lim vazirligi 2020/2021 o‘quv yili uchun xalqaro tan olingan oliy ta’lim muassasalari reytingida 1000 talik o‘rindan joy olgan Rossiya Federatsiyasining oliy ta’lim muassasalari ro‘yxatini e’lon qildi. 

Vazirlikning ta’kidlashicha, mazkur oliy ta’lim muassasalaridan respublika oliy ta’lim muassasalariga o‘qishni ko‘chirish maxsus sinovlarsiz amalga oshiriladi.

Eslatib o‘tamiz, Davlat qabul komissiyasining qaroriga binoan, 2019/2020 o‘quv yilida qo‘shni davlatlardagi oliy ta’lim muassasalaridan o‘qishini ko‘chirishga ruxsat berilgan fuqarolarning talabalikka qabul qilish to‘g‘risidagi hujjatlarini rasmiylashtirish istisno tariqasida yangicha tartib belgilangan.


Maqola muallifi

Teglar

OTM talaba imtihon

Baholaganlar

207

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing