Isroil G‘azoda 5 ming 379 talabani o‘ldirdi
Olam
−
27 fevral
5348Isroil armiyasining 2023 yil 7 oktyabrdan beri G‘azo sektorida uyushtirgan hujumlari oqibatida 5 ming 379 nafar talaba hayotdan ko‘z yumdi. Bu haqda TRT nashri xabar bermoqda.
Falastin Ta’lim vazirligining yozma bayonotida, Isroilning G‘azo va G‘arbiy Sohilda bir necha oydan beri uyushtirgan hujumlarida halok bo‘lgan va yaralangan talabalar haqida ma’lumot berilgan.
Isroilning 144 kundan beri sektorni portlatishi sabab 5 ming 379 talabaning halok bo‘lgani, 8 ming 888 talabaning jarohatlangani qayd etilgan.
Isroil kuchlarining 7 oktyabrdan beri ishg‘ol ostidagi G‘arbiy Sohilda 48 talabani o‘ldirgani, 305 talabani yaralagani va 97 nafar talabani qo‘lga olgani ma’lum qilingan.
G‘azoda 255 nafar o‘qituvchi va tarbiyachining halok bo‘lgani, 891 nafarining jarohatlangani, G‘arbiy Sohilda esa 6 nafar ta’lim xodimining yaralangani, 73 nafar xodimning qo‘lga olingani bildirilgan.
Isroil armiyasining G‘azo sektoridagi 351 maktabni bombalagani va ulardan 65 tasining Birlashgan Millatlar Tashkilotining Yaqin Sharqdagi Falastinlik qochqinlarga yordam agentligiga aloqadorligi ta’kidlandi.
Shuningdek, G‘azoda 40 ta maktab butunlay vayron bo‘lgan, 111 tasi Isroilning bombardimonlari chog‘ida jiddiy zarar ko‘rgan, ishg‘ol ostidagi G‘arbiy Sohilda esa 57 maktabga reydlar uyushtirilgan.
Bayonotda, shuningdek, G‘azo sektorida 2023 yil 7 oktyabrdan beri Isroil hujumlari tufayli 620 ming talabaning ta’limdan mahrum bo‘lganligi qayd etildi.
Isroil ayni paytgacha 29 ming 878 falastinlikni o‘ldirgani aytilmoqda, shundan 12 ming 660 nafari bolalar va 8 ming 570 nafari ayollardir. 70 ming 215 kishi esa yaralangan, deyiladi xabarda.
Sarvar Xurramov
LiveBarchasi