Moskvada Wi-Fi tarmog‘iga “Slava Ukraїna!” deb nom bergan talaba qamaldi
Olam
−
11 mart 2024 6413 1 daqiqa
Moskvaning Nikulinskiy tuman sudi o‘zining Wi-Fi tarmog‘i nomi sifatida “Slava Ukraїna!” (Ukrainaga shon-sharaf!) so‘zini qo‘ygan Moskva davlat universitetining 22 yoshli talabasi Oleg Tarasovni 10 sutkaga ma’muriy hibsga oldi. Bu haqdagi qaror Moskva sudlarining ma’lumotlar bazasida e’lon qilindi.
Oleg Tarasov ekstremistik belgilarni omma oldida namoyish qilishda aybdor deb topilgan (Rossiya Federatsiyasi Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksining 20.3-moddasi). Sud qarori shu yilning 7 mart kuni e’lon qilingan.
“Ukrainaga shon-sharaf!” shiori yaqinda yaratilgan "fashistik tashkilotlar" va ularning atributlari reyestriga kiritilgan. Wi-Fi routeri jinoyat quroli sifatida musodara qilingan.
Gap shundaki, Rossiya Federatsiyasi Ichki ishlar vazirligining Ekstremizmga qarshi kurash bosh boshqarmasi xodimlari 6 mart kuni Moskva davlat universiteti bosh binosi yaqinidagi talabalar yotoqxonasidan shunday nomdagi Wi-Fi tarmog‘ini topib, talaba ustidan bayonnoma tuzgan.
Politsiya 2023 yil oktyabr oyida Tarasov yangi router sotib olganini va “Slava Ukraїna!” deb nomlangan tarmoqni yaratganini aniqlagan. Sudda talaba tarmoqni o‘zi tashkil qilganini tan olgan.
Politsiyaga ko‘ra, Tarasov bu nomni "Ukraina millatchilari shiorini targ‘ib qilish uchun" qo‘ygan.
Live
Barchasi31 dekabr 2025
Farg‘ona davlat texnika universiteti rektori Qo‘ng‘irotboy Sharipovga yangi o‘rinbosar bo‘ldi.
30 dekabr 2025
30 dekabr 2025
30 dekabr 2025
29 dekabr 2025