Ikkinchi jahon urushi qatnashchilari o‘zi jang qilgan mamlakatlarga yuboriladi – Prezident qarori

Jamiyat

image

Avvalroq, Normativ-huquqiy hujjatlar loyihalari muhokamasi portaliga “Ikkinchi jahon urushida qozonilgan g‘alabaning 75 yilligini munosib nishonlash to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti qarori joylashtirilgani, ushbu qaror bilan Toshkentda G‘alaba bog‘i tashkil etilishi haqida xabar bergan edik. 

Mazkur qarorga binoan, Ikkinchi jahon urushi qatnashchilari va ularga tenglashtirilgan fuqarolarni respublika hududidagi sanatoriylarga bepul yuborilishi tashkil etildi. Eng muhimi, Ikkinchi jahon urushi qatnashchilarining o‘zlari jang qilgan mamlakatlar hududlariga safarlarini tashkil etish hamda safar bilan bog‘liq xarajatlar qoplanishini ta’minlashi ham rejalashtirilgan. 

Shuningdek, Ikkinchi jahon urushi qatnashchilari va ularga tenglashtirilgan fuqarolarga bepul ravishda xalqaro va shaharlararo telefon aloqasi bilan foydalanish huquqi beriladi. 

Qarorga ko‘ra, Ikkinchi jahon urushi ishtirokchilari, mehnat fronti faxriylari, mustaqillik yillarida xizmat burchini bajarish chog‘ida halok bo‘lgan harbiy xizmatchilar va huquqni muhofaza qilish organlari xodimlarining oila a’zolarini moddiy va ma’naviy rag‘batlantirish maqsadida ularning xonadonlariga O‘zbekiston Respublikasi Bosh vaziri, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimlari, vazirlik va idoralar rahbarlari, harbiy okrug, qism va muassasalar, mudofaa ishlari bo‘yicha hududiy boshqarmalar va bo‘limlar, davlat va jamoat tashkilotlari rahbarlarining shaxsan tashriflarini tashkil etiladi. 


Maqola muallifi

Teglar

Prezident qarori Ikkinchi jahon urushi

Baholaganlar

38

Reyting

3.2

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing