Vazirlar Mahkamasining qo‘pol va so‘kong‘ich xodimi ishdan bo‘shatildi (video)
Jamiyat
−
17 avgust 2019
15502“Facebook” ijtimoiy tarmog‘idagi “Xalq bilan muloqot/Dialog s narodom” guruhida kecha, 16 avgust kuni Vazirlar Mahkamasi xodimi va o‘zini tadbirkor, deb atagan fuqaro o‘rtasida yuzaga kelgan tortishuv aks etgan video e’lon qilindi va muhokamalarga sabab bo‘ldi.
Voqea Vazirlar Mahkamasi binosi oldida yuz bergan. Tadbirkor VM xodimiga ishiga mas’uliyatsiz yondashayotgani va uni 45 daqiqa kutishiga to‘g‘ri kelganini, u tadbirkorlarning ishiga yechim topish uchun ishlayotganini aytgan. VM xodimi esa tadbirkorga uning ishini hal qilish uchun ishlamayotganini aytib, yetmaganiga uni so‘kib, haqorat qilgan.
"Mazkur masala yuzasidan fuqaro bilan qo‘pol muomalada bo‘lgan xodim ustidan xizmat tekshiruvi o‘tkazildi. Vazirlar Mahkamasi xodimi xizmat vazifasiga nomuvofiq, deb topildi va egallab turgan lavozimidan ozod qilindi", deyiladi Vazirlar Mahkamasi bayonotida.
LiveBarchasi
Medvedev Xitoyga bordi.
10:15