Vazirlar Mahkamasi kotibiyat mudiri lavozimidan ozod qilindi

Jamiyat

image

O‘zbekiston Vazzirlar Mahkamasi  kotibiyat mudiri Bahodirjon Ochilboyevich Onorboyev lavozimidan ozod qilindi. Bu haqda O‘zA xabar bermoqda.

Qayd etilishicha, Onorboyev boshqa ishga o‘tishi munosabati bilan ishdan olingan.

“O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qaroriga ko‘ra, Bahodirjon Ochilboyevich Onorboyev boshqa ishga o‘tishi munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi Ta’lim, sog‘liqni saqlash, madaniyat, yoshlar, ma’naviyat va jamoat tashkilotlari, mahalla va oilani qo‘llab-quvvatlash masalalari kotibiyatining mudiri lavozimidan ozod qilindi”, deyiladi xabarda.

Mazkur qarorga binoan, Bahodirjon Onorboyevning avvalgi lavozimi bo‘yicha tibbiy xizmat ko‘rsatish sharoitlari saqlab qolinadi.


Maqola muallifi

Teglar

Vazirlar Mahkamasi

Baholaganlar

278

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing