Vazirlar Mahkamasi qarori bilan yana bir nizom tasdiqlandi

Jamiyat

image

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi qarori bilan “Agrosanoat majmui va oziq-ovqat ta’minoti sohasidagi loyihalarni amalga oshirish agentligi to‘g‘risida”gi nizom tasdiqlandi. Bu haqda Adliya vazirligining “Huquqiy axborot” kanalida xabar berildi.

Nizom bilan, agentlik faoliyatini tashkil etish, uning asosiy vazifa va funksiyalari, huquq va javobgarligi belgilab berildi. 

Agentlik tadbirkorlikni faol rivojlantirish va qo‘llab-quvvatlash maqsadida oziq-ovqat ta’minoti sohasidagi yirik loyihalarni, shu jumladan, investitsiya loyihalarini ishlab chiqishga va ularni amalga oshirishni tashkil etishga ko‘maklashish uchun mas’ul bo‘lgan vakolatli davlat organi etib belgilandi. 

Startap-loyihalar tashabbuskorlari bilan hamkorlik qilish, innovatsion g‘oya va texnologiyalarni joriy etish, energiya tejamkor va yuqori samarali loyihalarni amalga oshirish, agrosanoat majmui va oziq-ovqat ta’minoti sohasida xalqaro sifat standartlariga muvofiq laboratoriyalar va tajriba-konstruktorlik byurolarini tashkil etishga ko‘maklashish Agentlik faoliyatining asosiy vazifalaridan biri etib belgilandi.

Agentlikka Vazirlar Mahkamasi tomonidan lavozimga tayinlanadigan bosh direktor rahbarlik qiladi.

Agentlik faoliyati uning samaradorligi va natijadorligi bo‘yicha muntazam ravishda baholanib boriladi.


Maqola muallifi

Teglar

nizom agrosanoat

Baholaganlar

47

Reyting

3.4

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing