Banklardan 100 dollargacha valyuta olish tartibi o‘zgardi
Jamiyat
−
20 Oktabr 2019
9604Tijorat banklarida jismoniy shaxslar bilan valyuta ayirboshlash operatsiyalarini amalga oshirish tartibi to‘g‘risidagi nizomga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritildi. Bu haqda Adliya vazirligi Matbuot xizmati xabar berdi.
Kiritilgan o‘zgartirishlarga muvofiq, endilikda valyuta ayirboshlash shoxobchalari tomonidan rezident jismoniy shaxslarga ekvivalenti 100 AQSH dollari va ungacha bo‘lgan miqdordagi naqd chet el valyutasini sotishda ulardan pasport talab etilmaydi.
Hozirga qadar miqdoridan qat’i nazar naqd chet el valyutasini sotishda pasport talab qilingan.
Ma’lumot uchun, rezident bu - O‘zbekistonda davlat ro‘yxatidan o‘tgan yuridik shaxs hamda O‘zbekistonda doimiy yashab turgan yoki joriy soliq davrida yakunlanayotgan har qanday ketma-ketlikdagi 12 oylik davr ichida jami 183 kun va undan ortiq muddat O‘zbekistonda turgan jismoniy shaxs.