Vazirchasiga motivatsiya: Energetika vaziri Sultonov talabalar bilan uchrashdi

Jamiyat

image

O‘zbekiston Respublikasi Energetika vaziri Alisher Sultonov I.M.Gubkin nomidagi Rossiya davlat neft va gaz universitetining Toshkent shahridagi filiali talabalari bilan uchrashdi. 

Davlat rahbari Shavkat Mirziyoyev Oliy Majlis Qonunchilik palatasiga yo‘llagan murojaatida va Davlat geologiya va mineral resurslar qo‘mitasida olimlar, yosh tadqiqotchilar, ishlab chiqarish vakillari va ilmiy-tadqiqot muassasalari rahbarlari bilan o‘tgan uchrashuvda O‘zbekistonda geologiya sohasi tang ahvolga kelib qolgani, yangi tadqiqotchilar, yosh olimlarga ehtiyoj yuqori ekanini ta’kidlagan edi. 

I.M.Gubkin nomidagi Rossiya davlat neft va gaz universitetining Toshkent shahridagi filiali mamlakatda ushbu sohada ko‘plab mutaxassislarni yetishtirayotgan yetuk oliy ta’lim muassasalaridan biri sanaladi. 

Bugungi kunda Energetika vazirligi tizimida jami 121600 kishi ishlaydi. Ularning 21761 nafari (17,8%) 30 yoshgacha bo‘lgan yosh mutaxassislar, ulardan 444 nafari turli darajadagi menejerlardir. Yosh mutaxassislarning (21761) 3113 nafari (14,3%) qizlar, shundan 26 nafari menejerlar, shu jumladan 2 ta birinchi o‘rinbosar va 8 ta bo‘lim boshliqlari (bo‘lim, ma’muriyat, ustaxona, bo‘lim). 

Vazir Alisher Sultonov o‘z nutqida Prezident murojaatidan kelib chiqadigan vazifalar, soha muammolarini yechishda yoshlarning o‘rni, vazirlik amalga oshirmoqchi bo‘lgan rejalarga to‘xtalib o‘tdi. Yosh mutaxassislar va talabalarning yangi loyihalari, xalqaro olimpiadalarda qatnashish, sport komplekslari faoliyatini yo‘lga qo‘yish kabi tashabbuslarini qo‘llab-quvvatladi.

Shuningdek, uchrashuvda filial talabalari, yoshlar yetakchilari neft va gaz sohasidagi amaliy ishlari, o‘zlarining olib borayotgan ilmiy ishlari va tadqiqolari, sohada amalga oshirilishi zarur innovatsion g‘oyalari, turli muammalar va ularning yechimlari hamda o‘zlarining qator takliflarni bildirishdi. 

Uchrashuvda Kimyo fanlari doktori professor, Akademik  Sayyora Sharafovna Rashidova, O‘zbekiston xalq artisti Melnikova Galina Vitalevna va shu soha professor ustozlari ham ishtirok etishdi. 

Szga chiqqan talabalar Sultonovni savollarga tutish, amalga oshirmoqchi bo‘lgan loyihalarida yordam so‘rash bilan cheklanmay, uni ta’lim dargohi qoshida tuzilgan futbol jamoasiga o‘yinchi sifatida takliq qilib, vazirga o‘z ism-sharifi tushirilgan sport libosini taqdim etishdi. 


Maqola muallifi

Teglar

Energetika vazirligi Alisher Sultonov

Baholaganlar

62

Reyting

3.1

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing