Vazir o‘rinbosari Toshkent shahar FVBga boshliq bo‘ldi
Jamiyat
−
18 Oktabr 2023
7923Muxtor Yashnarovich Muhiddinov Toshkent shahar Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi boshlig‘i etib tayinlandi. Bu haqda Favqulodda vaziyatlar vazirligi axborot xizmati xabar berdi.
Ma’lum qilinishicha, Prezident Shavkat Mirziyoyevning tegishli qarori bilan Muxtor Muhiddinov O‘zbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vazirining o‘rinbosari lavozimidan ozod etilib, tegishli buyruq asosida Toshkent shahar Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi boshlig‘i lavozimiga tayinlangan.
Ma’lumot o‘rnida, Muxtor Muhiddinov 1973 yilda Toshkent shahrida tug‘ilgan. 1996 yilda Toshkent davlat texnika universitetini, 2004 yilda O‘zbekiston Respublikasi strategik tahlil va istiqbolni belgilash Oliy maktabini tamomlagan.
U poytaxt hokimi o‘rinbosarligiga qadar Toshkent shahar Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi boshlig‘i lavozimida faoliyat yuritgan.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq O‘zbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vazirining tegishli buyrug‘i bilan polkovnik Bunyod Egamnazarov Namangan viloyati Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi boshlig‘i lavozimiga tayinlangan edi.
LiveBarchasi