Vazir o‘rinbosari Sardobaga hokim bo‘ldi

Jamiyat

image

Sirdaryo viloyatining Sardoba tumaniga Akmal Arziyevich Mirzayev hokim etib tayinlandi. Bu haqda viloyat hokimligi Matbuot xizmati ma’lum qildi.

Viloyat hokimi G‘ofurjon Mirzayev, viloyat hamda tuman sektorlari rahbarlari, deputatlar, tuman faollari ishtirok etgan sessiya ishida tashkiliy masala ko‘rilgan.

Yig‘ilishda hokim bugunga qadar O‘zbekiston Respublikasi Suv xo‘jaligi vazirining o‘rinbosari lavozimida ishlab kelayotgan Akmal Arziyevich Mirzayev nomzodini tuman hokimi lavozimiga tavsiya etgan. Deputatlar Akmal Mirzayev nomzodini tuman hokimi lavozimiga bir ovozdan ma’qullagan.

Akmal Mirzayev 1971 yilda tug‘ilgan. 1997 yilda Samarqand davlat arxitektura-qurilish institutini, 2003 yilda Toshkent davlat iqtisodiyot universitetini, 2010 yilda O‘zbekiston Respublikasi Bank-moliya akademiyasini tamomlagan. Mutaxassisligi iqtisodchi-moliyachi.

Mehnat faoliyati davomida turli yillarda Qishloq xo‘jaligi vazirligi, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti devonida mas’ul lavozimlarda faoliyat yuritgan.


Maqola muallifi

Teglar

tayinlov Sardoba

Baholaganlar

158

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing