Vazir o‘rinbosari “Narxoz” rektori bo‘ldi
Jamiyat
−
05 noyabr 2019 10857 1 daqiqa
Avvalroq, Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti rektori Bahodir Xodiyev lavozimidan ozod qilingani haqida xabar bergan edik.
Ishdan olingan Bahodir Xodiyev o‘rniga Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirining birinchi o‘rinbosari Kongratboy Avezimbetovich Sharipov Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti rektori lavozimiga tayinlandi.
Kongratboy Sharipov ilgari Toshkent shahridagi Turin politexnika universiteti rektori sifatida juda muvaffaqiyatli ish olib borgan va universitetda sifatli ta’lim tizimi yaratishda katta mehnat qilgan mutaxassis sifatida ko‘pchilikka ma’lum.
Eslatib o‘tamiz, Bahodir Xodiyev O‘zbekiston Rsepublikasi Prezidenti maslahatchilari Sherzod Kudbiyev va Abdujabbor Abduvohidov hamda DXX, prokuratura organlari vakillari boshchiligida o‘tkazilgan yig‘ilishda lavozimidan bo‘shatildi.
Live
BarchasiNetanyaxu Tramp bilan telefonlashdi
24 aprel
Nyu-Yorkda cherkov yonib ketdi
24 aprel