Vazir Ozodbek Nazarbekov yangi institutga rektor bo‘ldi

Madaniyat-san’at

image

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti “O‘zbekiston Respublikasida madaniyat va san’at sohasini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi farmoni bilan Yunus Rajabiy nomidagi O‘zbek milliy musiqa san’ati instituti tashkil etilgani haqida xabar bergan edik.

Bugun, 16 iyun kuni Madaniyat vaziri Ozodbek Nazarbekov Yunus Rajabiy nomidagi O‘zbek milliy musiqa san’ati institutiga rektor etib tayinlandi. Bu haqda vazirlik Matbuot xizmati xabar berdi.

Eslatib o‘tamiz, maqom ijrochiligi, xalq musiqasi yo‘nalishlari bo‘yicha kadrlar tayyorlovchi Yunus Rajabiy nomidagi O‘zbek milliy musiqa san’ati instituti O‘zbekiston davlat konservatoriyasining O‘zbek maqom san’ati fakulteti hamda O‘zbekiston davlat san’at va madaniyat institutining tegishli ta’lim yo‘nalishlari va mutaxassisliklari negizida tashkil etilgandi. Institut Madanit vazirligi tizimiga kiritilgan.

Endilikda Madaniyat vaziri rektorlik faoliyatini ham birgalikda davom ettiradi.


Maqola muallifi

Teglar

Ozodbek Nazarbekov

Baholaganlar

702

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing