Abdulaziz Komilov Qatar Davlati Tashqi ishlar davlat vaziri bilan uchrashdi

Jamiyat

image

2019 yilning 4 mart kunidan Qatar poytaxti Doha shahrida amaliy tashrif bilan bo‘lib turgan O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Komilov kecha Qatar Davlati Tashqi ishlar davlat vaziri Sulton bin Saad al-Mureyhiy bilan uchrashdi. Bu haqida tashqi ishlar vazirligi xabar bermoqda.

Uchrashuvda ikki tomonlama hamkorlikning hozirgi holati va rivojlanish istiqbollari, ayrim xalqaro va mintaqaviy masalalar muhokama qilindi.

So‘nggi vaqtlarda o‘tkazilgan, hamkorlikning ustuvor yo‘nalishlariga tomonlarning diqqatni qaratish hamda ikki tomonlama shartnomalarning loyihalarini ko‘rib chiqish imkonini bergan tashqi ishlar vazirliklari o‘rtasidagi uchrashuvlarning yakunlari yana bir bor qo‘llab-quvvatlandi.

Suhbatda Toshkent shahrida savdo-iqtisodiy va ilmiy-texnikaviy hamkorlik bo‘yicha hukumatlararo komissiyaning birinchi yig‘ilishini o‘tkazish yuzasidan ham fikr almashildi.


Maqola muallifi

Teglar

Abdulaziz Komilov O'zbekiston - Qatar Sulton bin Saad al-Mureyhiy

Baholaganlar

4

Reyting

3.5

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing