Vashingtonda NATO sammitiga qarshi norozilik namoyishi bo‘lib o‘tdi

Olam

image

AQSH poytaxti Vashington shahrida 2024 yilning 9-11 iyul kunlari o‘tkazilishi kerak bo‘lgan NATO sammitiga qarshi norozilik namoyishi bo‘lib o‘tdi. Bu haqda “Peoples Dispatch” xabar berdi.

Unga ko‘ra, “No to NATO” faollar uyushmasi tomonidan tashkil qilingan ushbu namoyish ishtirokchilari alyansni to‘liq bekor qilish va dunyo mamlakatlaridagi AQSH harbiy bazalarini yopishni talab qilgan. Ular resurslarni militarizmdan uzoqlashtirib, iqtisodiy, uy-joy, sog‘liqni saqlash, ta’lim va iqlim tashabbuslariga ajratishni talab qilgan.

Namoyishchilar Kapitoliy tepaligi yonida joylashgan Presviterian cherkovida to‘plandi. Cherkov zalida alyansga a’zolikdan voz kechishga chaqiruvchi plakatlar va “NATOga yo‘q, tinchlikka ha” degan iboralar osilgan. Tadbirda urushga qarshi va inson huquqlarini himoya qiluvchi tashkilotlar rahbarlari so‘zga chiqdi.

“NATOning 75-sammiti Rossiyaning AQSH-NATO harbiy kuchlarining kuchayishi va alyansning hududiy kengayishiga qarshi tajovuzkorlik strategiyasi davrida bo‘lib o‘tmoqda”, degan so‘zga chiqqanlardan biri.

Yens Stoltenberg avvalroq aytganidek, iyul oyidagi NATO sammitining asosiy mavzusi Ukraina uchun qurol-yarog‘ yetkazib berish va harbiy tayyorgarlik bo‘ladi. Alyans Bosh kotibining so‘zlariga ko‘ra, sammitda Ukraina Qurolli kuchlariga havo hujumidan mudofaa tizimlarini yetkazib berish bo‘yicha qaror qabul qilinishi kutilmoqda.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq AQSH rasmiylaridan biri harbiy ittifoqning 75 yilligini nishonlash uchun mo‘ljallangan bu galgi NATO sammitida Ukraina havo mudofaasi bo‘yicha “xushxabar” olishini aytgandi.


Maqola muallifi

Teglar

AQSh NATO namoyish Vashington

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing