Vashingtonda 1 sentyabr “O‘zbekiston mustaqilligining 32 yilligi kuni” deb e’lon qilindi

Jamiyat

image

Vashington shahri meri Muriyel Bauzer joriy yilning 1 sentyabrini AQSH poytaxtida “O‘zbekiston Respublikasi Mustaqilligining 32 yilligi kuni” deb rasman e’lon qildi. Bu haqda bugun, 2 sentyabr kuni “Dunyo” axborot agentligi xabar berdi.

AQSH poytaxti meri O‘zbekiston Mustaqilligining 32 yilligi bilan deklaratsiya qabul qilgan va unda Amerika Qo‘shma Shtatlari O‘zbekiston mustaqilligini birinchilardan bo‘lib tan olganini ta’kidlagan. Merning bayonotida ushbu kunning ahamiyati e’tirof etilibgina qolmay, balki o‘zbek jamoalarining AQSH poytaxtiga xos “boy xilma-xillik, madaniyat va an’analarga” qo‘shgan hissasi urg‘ulangan.

Deklaratsiyada ta’kidlanishicha, Qo‘shma Shtatlar va O‘zbekiston ko‘plab sohalarda, jumladan, chegara va mintaqaviy xavfsizlik dasturlari, iqtisodiy loyihalar, madaniy-gumanitar hamkorlikni mustahkamlash, ingliz tili ta’limini rivojlantirish kabi yo‘nalishlarda mustahkam o‘zaro manfaatli hamkorlikni kengaytirib bormoqda.

Bundan tashqari, shahar meriyasi O‘zbekistonning Vashingtondagi elchixonasiga ikki tomonlama munosabatlarni mustahkamlash, shaxslararo aloqalarni yo‘lga qo‘yish va ikki davlat o‘rtasida madaniy almashinuvni rivojlantirishda salmoqli muvaffaqiyatlarga erishgani uchun minnatdorlik bildirgan.

Eslatib o‘tamiz, oldinroq Mustaqillik kuni munosabati bilan AQSH Prezidenti Jo Bayden O‘zbekiston rahbari Shavkat Mirziyoyevga, AQSH Davlat kotibi Entoni Blinken esa O‘zbekiston xalqiga tabrik yo‘llagandi.


Maqola muallifi

Teglar

AQSh O'zbekiston Mustaqillik kuni Vashington

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing