Vashingtonda ham 1 sentyabr O‘zbekiston mustaqilligi kuni deb e’lon qilindi

Jamiyat

image

AQSH poytaxti Vashington shahri 1 sentyabrni O‘zbekiston Mustaqilligining 35 yilligi kuni deb e’lon qildi. Bu haqda O‘zbekistonning ushbu mamlakatdagi Favqulodda va muxtor elchisi Furqat Siddiqov o‘zining X’dagi sahifasida ma’lum qildi.

“Mer Myuriel Bauzerga Vashingtonda (Kolumbiya okrugi) O‘zbekiston Mustaqilligi kunini e’tirof etgani uchun minnatdorlik bildiramiz. Ushbu mazmunli do‘stlik va hurmat ishorasi uchun tashakkur”, deydi elchi.

Furqat Siddiqov shahar merining tegishli hujjatini ham ilova qilgan.

“Biz butun dunyodagi o‘zbek jamoatchiligiga qo‘shilib, O‘zbekiston Mustaqilligi kunini nishonlayotganimizni hamda xalqlarimizni birlashtirib turuvchi abadiy do‘stlik, sheriklik va mushtarak intilishlarni e’zozlashimizni inobatga olib, men, Vashington shahri meri 2026 yil 1 sentyabr kunini Vashington shahrida “O‘zbekiston mustaqilligi kuni” deb e’lon qilaman”, deyiladi hujjatda.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq AQSHning yirik iqtisodiy va texnologik markazlaridan biri – Sietl shahri meri Keti B.Uilson 2026 yil 1 sentyabrni shaharda rasman “O‘zbekiston Mustaqilligi kuni” deb e’lon qilgandi.


Maqola muallifi

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing